«O‘zbekkonsert»ga yangi rahbar tayinlandi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma'lum qildi.

“Vazirlikning ijro apparati rahbari, yetuk mutaxassis, o‘z ishining ustasi, mustaqil fikriga ega, prinsipial, madaniyati va ma'naviyati kuchli, to‘g‘riso‘z, shuningdek, hamkasblari bilan munosabatda diplomat, jamoaning manfaati yo‘lida o‘z shaxsiy manfaatlariga qarshi bora olishga qodir, vazirlikning maqsadi yo‘lida sobitqadam, munosib o‘rniga ega yosh rahbar Jamoliddin Uzoqovga mas'uliyatli vazifa yukladik.
Turli masalalarda o‘z shaxsiy fikriga ega ekanini, asosiysi, jamoa ahilligini ta'minlashda, bir maqsad yo‘lida mushtarak qilishda, o‘z ishiga jiddiy yondashgan holda prinsipial pozitsiyadan turib muassasaning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishini inobatga olib Jamoliddin Uzoqovni vazirlikda Ijro apparati rahbarligi bilan bir asnoda, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari lavozimiga tayinladik”, deb yozadi Ozodbek Nazarbekov o‘z telegram-kanalida.
Ma'lumot uchun, 2020 yilning noyabr oyi boshlarida Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Anvar Tojiboyev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Undan avval, 2020 yil iyun oyi boshlarida 2017 yildan buyon muassasaga rahbarlik qilib kelgan Odiljon Abduqahhorovning boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan muassasa direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Jamoliddinov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

20:46 / 19.07.2024
«O‘zbekkonsert» litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rdi

12:39 / 09.10.2023
«O‘zbekkonsert» direktori o‘zgardi

08:47 / 26.05.2022