Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB AQSh uchun «sharmandali» tanga suratini namoyish qildi
Markaziy razvedka boshqarmasi amerikalik qo‘shinlarning 1961 yilda Kubadagi g‘alabasi holatida harbiylarni taqdirlash uchun mo‘ljallangan tanga suratini e'lon qildi.
Foto: cia.gov
«Tanga g‘alaba muqarrarligiga ishonib tayyorlangan, biroq o‘sha amaliyot muvaffaqiyatsizlikka uchragan», deb aytilgan MRBda.
Kumush tanga Kubadagi g‘alabadan keyin topshirilishi kerak bo‘lgan. Uning old tomonida Ozodlik oroli va mag‘lub etilgan Kuba yetakchisi Fidel Kastro oldidan o‘tib ketayotgan desantchi, orqa tomonida esa Kuba bayrog‘i hamda xoch tasvirlangan.
Shuningdek, esdalik tangasida ispan va ingliz tillarida «G‘alabadan bo‘lak yakun yo‘q», deb yozilgan.
1961 yil aprelda AQSh Kuba rahbariyatini ag‘darishga urinishni amalga oshirgan. Bu maqsadda orolga kubalik muhojirlardan tashkil topgan harbiy desant tashlangan. Ularga AQSh aviatsiyasi va floti ko‘mak ko‘rsatgan.
Biroq Fidel Kastro tuzumining tezkor javobi evaziga Kuba armiyasi 5 kun ichida dushman qo‘shinlarini yo‘q qilishga va asir olishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘shanda Kuba hukumati yetkazilgan zararni 53 mln dollarga baholagan. Ushbu voqealardan 1,5 yil o‘tib, Vashington asirlarni ortga qaytarish evaziga Kubaga ushbu summaga teng dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natgan.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
09:20 / 18.05.2026
Axios: Kuba Rossiya va Erondan jangovar dronlar sotib olgan
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
05:09 / 18.05.2026