Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 790 quti tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan hujjatsiz bo‘lgan qiymati 143,6 million so‘mlik 2 turdagi 12 790 quti tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Farg‘ona tumanida tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy saqlashga chek qo‘yishga qaratilgan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro M.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadon hovlisida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 143,6 million so‘mlik 2 turdagi 12 790 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq hujjatlarda qayd etilmagan 313 mln so‘mlik tovarlar to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 01.12.2025
Kurerlik jo‘natmalari orqali yuborilgan 1 kgga yaqin “gashish” fosh qilindi
08:20 / 29.11.2025
Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
10:49 / 26.11.2025
Eksport tovarlari bojxona qiymatini rasmiylashtirish bo‘yicha alohida tartib joriy etildi
10:29 / 26.11.2025