Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş doirasida Farğona viloyatida navbatdagi tezkor tadbir ötkazildi.
Olingan ma’lumotlarga köra, muqaddam narkokurerlar tomonidan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari Afğonistondan kontrabanda yöli bilan Surxondaryo viloyati hududiga olib ötilib, keyinçalik Yozyovon tumanidagi dala maydoniga berkitib ketilgan.
Tezkor tadbir davomida Marğilon şahrida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan xususiy tadbirkor va uning 1989 yilda tuğilgan jinoiy şerigi mazkur xufiya joydan 9 kg 896 gramm “gaşiş” moddasini olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qölga oliş jarayonida voqea joyidan qoçişga uringan tadbirkorning yonidan 14,5 ming AQŞ dollari va 6 mln 250 ming söm pul mablağlari ham olingan.
Şuningdek, tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu jinoyatga aloqador bölgan Farğona şahrida yaşovçi, 1980 yilda tuğilgan fuqaroning xonadonidan 110 gramm “opiy” moddasi, 2 ta elektron tarozi, 1200 AQŞ dollari hamda 28 mln söm musodara qilingan.
Tergov harakatlari davomida mazkur noqonuniy faoliyatga 1990 va 1995 yillarda tuğilgan aka-ukalarning ham aloqadorligi aniqlangan.
Jinoyat işlari böyiça Boğdod tuman sudi hukmiga köra, uşbu 5 nafar sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 246-, 273- va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga 12 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.












