Surxondaryoda «Spark» urib yuborgan piyoda vafot etdi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tezlikni me'yordan oshirgan «Spark» urib yuborgan piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 4 iyun tunda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-108 avtomobil yo‘lining Sariosiyo tumani Lutfikor mahallasi hududidan o‘tuvchi 3-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Belgilangan tezlikni belgilangan me'yordan oshirgan haydovchi o‘z boshqaruvidagi «Spark» bilan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Surishtiruvda aniqlanishicha, haydovchi haydovchilik guvohnomasini 5 oy avval olgan bo‘lib, uning yetarlicha malakasi bo‘lmagan. Bundan tashqari u soatiga 50 kilometr tezlikda yurish belgilangan joyda qoidalarni buzib, katta tezlikda harakatlangan.
Mavzuga oid
09:31
Chilonzorda «Lasetti» va skuter to‘qnashuvida bir kishi jarohat oldi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024