Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
121 million so‘mlik oyoq kiyimlar to‘xtatib qolindi
121 million so‘mlik oyoq kiyimlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Log‘on — Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro O.J. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv jarayonida avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan va hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 47 mln so‘mlik 2 turdagi qishki oyoq kiyim tovarlari borligi aniqlangan.

Shuningdek, xodimlar tomonidan “Log‘on-Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro G‘.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv mobaynida avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 74,4 mln so‘mlik 2 turdagi qishki oyoq kiyimlari borligi aniqlangan.
Avvalroq Farg‘ona shahrida 308 million so‘mlik dori vositalari noqonuniy olib kirilishining oldi olingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026