Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakshanba kuni Rossiyadan salqin havo oqimi kirib kelishi boshlanadi - «O‘zgidromet»
Bugun va ertaga kichik gradiyentli yuqori bosimli maydon ob-havo sharoitini belgilaydi, deb xabar qilmoqda “O‘zgidromet”.
Respublikada kam bulutli ob-havo ustun bo‘ladi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kunduz kunlari 35-40 daraja issiqni tashkil etadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3 darajaga yuqoridir. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shanba kuni ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi.
Yakshanba kuni Rossiyaning Yevropa hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi, bu havo massalari mamlakatning janubiy hududlariga qulay harorat olib keladi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat me'yordan 2-4 daraja past bo‘ladi va kechasi 15-18 daraja iliq, kunduzi 29-32 daraja issiq, janubda 34-37 daraja issiq atrofida bo‘ladi.