O‘zbekiston | 16:17 / 18.06.2021
9696
2 daqiqa o‘qiladi

Yengil avtomobil ishlab chiqarish 32 mingdan oshiqroqqa kamaygan

Joriy yilning yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish 32 ming 131 donaga, o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish miqdori 4,5 ming tonnaga kamaygan. Avtomobil benzini ishlab chiqarish esa, 14,9 ming tonnaga ko‘paygan.

Foto: Sputnik

2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 160 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning hajmi 8,2 foizga oshgan.

2021 yilning yanvar-may oylarida 85 ming 794 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 32 ming 131 donaga kamroq.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda tozalangan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish miqdori 4,5 ming tonnaga kamaygan. 2020 yilning yanvar-may oylarida 81,1 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning mos davrida 76,6 ming tonnani tashkil etgan.

Shu bilan bir qatorda, joriy yilning dastlabki besh oyi davomida avtomobil benzini ishlab chiqarish 14,9 ming tonnaga ko‘paygan. 2020 yilning yanvar-may oylarida 441,3 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2021 yilning mos davrida bu raqamlar 456,2 ming tonnaga yetgan.

Avvalroq, o‘tgan besh oy ichida avtomobil ishlab chiqarish sanoatida eng ko‘p «Sobalt» avtomobili ishlab chiqarilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid