Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-may oylarida 25 059 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • “Cobalt” - 25 059 dona;
  • “Damas” - 22 799 dona;
  • “Lacetti-Gentra” - 16 848 dona;
  • “Nexia T-250” - 11 130 dona;
  • “Labo” - 5 016 dona;
  • “Spark” - 4 942 dona.