O‘zbekiston | 13:52 / 29.06.2021
1951
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 18 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida 18 yoshli haydovchi ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda, piyoda shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 iyun kuni soat 13.00larda Past Darg‘om tumani 4K 540 Charxin-Shombuloq-Go‘zalkent avtomobil yo‘lining Shombuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi 9-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Shombuloq qishlog‘ida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan 18 yoshli haydovchi H.D. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «VAZ-21011» rusumli mashinada Charxin-Shombuloq yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib borayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan X.G.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohot olib, tuman markaziy shifoxonasida vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Past Darg‘om IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid