Efiopiya janubidagi yöl-transport hodisasi oqibatida kamida 71 kişi halok böldi, deb xabar berdi mahalliy hukumatga tayanib Al-Jazeera.

Qayd qilinişiça, yölovçilarni olib ketayotgan yuk maşinasi Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan 300 km janubda joylaşgan Sidama ştatida daryoga qulab tuşgan.

Sidama politsiyasi boş inspektori Daniel Sankura sözlariga köra, avtohalokatda 68 erkak va uç ayol nobud bölgan.

Politsiya komissiyasining ma’lum qilişiça, hodisa 29 dekabr kuni sodir bölgan. Odamlarni taşiyotgan yuk maşinasi köprikdan ötib, daryoga qulagan. Ularning köpçiligi töydan qaytayotgan edi.

Yuk maşinasining qulab tuşişiga odamlar bilan haddan ziyod tölgani yoki yölning yomonligi sabab bölişi mumkin.