Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 22 iyun kuni soat 13.00larda Past Darğom tumani 4K 540 Çarxin-Şombuloq-Gözalkent avtomobil yölining Şombuloq mahallasi hududidan ötuvçi 9-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Şombuloq qişloğida yaşovçi 2003 yilda tuğilgan 18 yoşli haydovçi H.D. öz boşqaruvida bölgan «VAZ-21011» rusumli maşinada Çarxin-Şombuloq yönalişi böylab harakatlanib borayotib, yölni kesib ötayotgan X.G.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda oğir tan jarohot olib, tuman markaziy şifoxonasida vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Past Darğom IIB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
















