Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada anomal issiqdan o‘nlab odamlar vafot etmoqda
Kanada politsiyasi mamlakatda kuzatilayotgan anomal issiq havo ortida o‘lim darajasi oshganini ma'lum qildi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib CBC telekanali xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Kanadada havo harorati 25 iyundan ko‘tarila boshlagan. Vankuver politsiyasi 25 iyundan 29 iyungacha to‘satdan o‘lim yuz berishi haqida 65tadan ko‘proq qo‘ng‘iroq olgan. Bunday holatlardan 20tasi 29 iyunda qabul qilingan. Vaholanki, oddiy kunda politsiyaga bunday qo‘ng‘iroqlardan bor-yo‘g‘i 3-4ta kelib tushgan.
Mamlakatda havo harorati 49,5 darajaga ko‘tarildi. Bungacha Kanadada harorat hech qachon 45 darajadan oshmagan. Fuqarolardan birining ta'kidlashicha, harorat yuqoriligidan ko‘chaga umuman chiqib bo‘lmagan.
«Biz iloji boricha ichkarida qolishga harakat qilmoqdamiz. Biz issiq havoga ko‘nikkanmiz, biroq 30 daraja 47 darajadan ancha farq qiladi», deb aytgan ayol.
«Vankuver hech qachon bunday issiqni his qilmagandi. Afsuski, o‘nlab odamlar shu sabab vafot etmoqda», deb aytgan politsiya vakili serjant Stiv Addison.
Bernabi shahri politsiyasi oxirgi 2 kun ichida 25ta o‘lim holati haqida qo‘ng‘iroq olgan. O‘limlarga nima olib kelgani hali aniqlanmagan, biroq politsiyaning fikricha, ular ob-havo bilan bog‘langan. «Ko‘plab o‘limlarning sababi issiq havo ekani taxmin qilinmoqda. Vafot etganlardan aksariyati keksalar bo‘lgan», deb ma'lum qilgan kapral Mayk Kalanj.
Surrey grafligida ham 28 iyundan boshlab 20ta o‘lim haqida xabar olingan. Politsiyada ta'kidlanishicha, odatda ularga bunday xabarlardan kuniga 5ta kelib tushadi.
Abbotsford va Viktoriya politsiyasi ham o‘lim holatlari haqida odatdagidan ko‘proq qo‘ng‘iroq qabul qilganini aytgan.
Mavzuga oid
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:49 / 19.05.2026