O‘zbekiston | 11:21 / 02.07.2021
6088
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari issiq ob-havo saqlanib qoladi

So‘nggi kunlarda mamlakat hududi bo‘yicha iyul oyi boshi uchun me'yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo oqimlarining kirib kelishi bilan bog‘liqdir. 

Foto: KUN.UZ

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun respublikaning aksariyat viloyatlarida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Dam olish kunlarida esa respublikada issiq va quruq ob-havo sharoiti saqlanib qoladi, havo harorati kechalari 24-27 daraja issiq, kunduz kunlari 38-41 daraja issiq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba'zi joylarda 44 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Shamolning 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi saqlanib qoladi. 

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishi oqibatida kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid