Lukashenko Ukraina bilan chegarani to‘liq yopishni buyurdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko chegara qo‘shinlariga Ukraina bilan chegarani to‘liq yopishni buyurdi. U bu haqda Belarus mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda ma'lum qildi.
«Ukrainadan Belarusga katta miqdorda qurol kelib tushmoqda. Shu sababli chegara qo‘shinlariga Ukraina bilan chegarani to‘liq yopishni buyurdim», deb tushuntirgan prezident.
«Bugun mudofaa otryadlari deb ataluvchi ‘panadagi’ terrorchi yacheykalar fosh qilindi. Bu yacheykalarning maqsadi muayyan ‘iks’ kuni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan almashtirish hisoblanadi. Ularning o‘zi ham bu ‘iks’ kun qachon kelishini bilmaydi: bu kunga xalqimizni ‘pishitishlari’ lozim», deb aytgan Lukashenko.
Belarus prezidentining ta'kidlashicha, bunga Germaniya, Ukraina, AQSh, Polsha va Litva aralashgan.
2 iyulda Lukashenko Belarusda keng ko‘lamli aksilterrorchilik amaliyoti yakunlangani va bu bilan bog‘liq holda «Germaniya kansleri va rahbariyatidagi ba'zi shaxslarga» e'tiroz bildirishini aytgan.
Lukashenko 2020 yil 17 sentyabrda Belarusdagi norozilik namoyishlari ortida Polsha va Litva bilan chegarani yopishga hamda Ukraina bilan chegara muhofazasini kuchaytirishga qaror qilgandi.
Mavzuga oid
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024