Jamiyat | 20:50 / 05.07.2021
1894
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliq tumanida yuk mashinasi kanalga tushib ketdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yuk mashinasi kanalga tushib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 4 iyul kuni soat 10:00larda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida 1964 yilda tug‘ilgan haydovchi K.B. boshqaruvida bo‘lgan «Kamaz-5511» rusumli yuk mashinasi kanalga tushib ketgan.

Dastlabki surishtiruvga ko‘ra, «Kamaz-5511» ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqish uchun yo‘l bo‘shashini kutib turgan vaqtda orqaga harakatlanib ketib Parkent kanaliga tushib ketgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan. «Kamaz-5511» maxsus texnik vositalar yordamida kanaldan chiqarib olingan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid