Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Damas"dagi qing‘irliklar fosh etildi
“Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Damas”da tegishli hujjatlarsiz 30 mln so‘mdan ortiq maishiy texnikalar va oyoq kiyim mahsulotlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir jarayonida “Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro K.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘ida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 30,6 mln so‘mlik maishiy texnikalar va oyoq kiyim mahsulotlari borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, xuddi shu yo‘nalishda “Porter” avtomashinasidan 120 million so‘mlik hujjatlarsiz qo‘lqoplar qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
17:00 / 26.03.2026