Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyoshda 2017 yildan beri eng kuchli chaqnash qayd qilindi
Foto: Izvestiya
Quyoshda 3 iyulda 2017 yildan beri maksimal X sinfdagi chaqnash yuz berdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi fizika instituti rentgen astronomiyasi laboratoriyasi saytida ma'lum qilindi.
«Chaqnoq bunday hodisalar uchun kamdan kam yuz beradigan impuls turga tegishli bo‘lgan. Bunda chaqnash energiyasi qisqa muddatli kuchli portlash ko‘rinishida deyarli bir onda otilib chiqadi», deyilgan xabarda.
Ushbu hodisa 16 daqiqa davom etgan, vaholanki Quyoshdagi boshqa turdagi chaqnashlar bir necha soatgacha davom etadi.
Mutaxassislar chaqnoqni Quyosh faolligi keskin oshgani bilan tushuntirishgan. 3 iyulda Quyoshda 10taga yaqin, jumladan, M sinfdagi 3ta va S sinfdagi bir qator kuchsiz chaqnoqlar qayd qilingan.
Ta'kidlanishicha, ushbu hodisa prognoz qilinmagan va kutilmaganda yuz bergan.
Olimlar hodisa oqibatida Quyoshning og‘ir zarralari Yergacha yetib kelishi mumkinligini istisno qilishgan.
Mavzuga oid
19:25 / 11.03.2026
Quyosh faolligi 2022 yildan beri eng past darajaga tushdi
22:21 / 03.08.2025
Quyoshda kuchli chaqnash ro‘y berdi
13:02 / 29.07.2025
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin
21:37 / 14.05.2025