Quyoşda 3 iyulda 2017 yildan beri maksimal X sinfdagi çaqnaş yuz berdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi fizika instituti rentgen astronomiyasi laboratoriyasi saytida ma'lum qilindi.
«Çaqnoq bunday hodisalar uçun kamdan kam yuz beradigan impuls turga tegişli bölgan. Bunda çaqnaş energiyasi qisqa muddatli kuçli portlaş körinişida deyarli bir onda otilib çiqadi», deyilgan xabarda.
Uşbu hodisa 16 daqiqa davom etgan, vaholanki Quyoşdagi boşqa turdagi çaqnaşlar bir neça soatgaça davom etadi.
Mutaxassislar çaqnoqni Quyoş faolligi keskin oşgani bilan tuşuntirişgan. 3 iyulda Quyoşda 10taga yaqin, jumladan, M sinfdagi 3ta va S sinfdagi bir qator kuçsiz çaqnoqlar qayd qilingan.
Ta'kidlanişiça, uşbu hodisa prognoz qilinmagan va kutilmaganda yuz bergan.
Olimlar hodisa oqibatida Quyoşning oğir zarralari Yergaça yetib kelişi mumkinligini istisno qilişgan.












