Jahon | 17:29 / 13.07.2021
4961
2 daqiqa o‘qiladi

JSST vaksinalarni bir-biri bilan aralashtirib uchinchi dozani tayyorlashdan ogohlantirdi

Iyun oxirlarida Oksford universiteti olimlari bir doza AstraZeneca va bir doza Pfizer vaksinalari bilan to‘rt hafta oraliqda emlash samaraliroq bo‘lishini ma'lum qilgandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi turli ikki bosqichli vaksinalarni aralashtirib, «uchinchi doza» deb ataluvchi buster dozalar tayyorlashdan ogohlantirdi. JSST direktorining fan bo‘yicha o‘rinbosari Sumya Svaminatan bu haqda brifingda ma'lum qildi.

«Bu ancha xavfli trend. Bizda hech qanday ma'lumot ham, isbot ham yo‘q... Agarda kim, qachon ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi dozani olishini odamlarning o‘zlari hal qiladigan bo‘lsa, davlatlarda tartibsizlik boshlanadi», — dedi u.

Avvalroq buster dozalar to‘g‘risida JSSTning immunizatsiya bo‘yicha eksperti Ann Lindstrand fikr bildirgandi.

Uning aytishicha, vaqt o‘tishi bilan vaksinalarning samaradorligi pasayadi va qo‘shimcha vaksina o‘rniga mamlakatlar bir-birlariga ortiqcha vaksinalarni berishi mumkin.

Iyun oxirlarida Oksford universiteti olimlari bir doza AstraZeneca va bir doza Pfizer vaksinalari bilan to‘rt hafta oraliqda emlash samaraliroq bo‘lishini ma'lum qilgandi.

Shuningdek, tailandlik olimlar AstraZeneca va Sinovac vaksinalaridan foydalanish koronavirusning delta-shtammidan himoyalanish imkonini beradi degan xulosaga kelgandi.

Mavzuga oid