Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar ikki xil vaksinadan foydalanish koronavirusning delta-shtammiga qarshi samarali ekanini aniqladi
Tadqiqotlarda ikki doza Sinovac va bir doza AstraZeneca vaksinasi bilan emlash delta-shtammga qarshilik ko‘rsatish uchun yetarli darajada antitana ishlab chiqarilishiga olib kelishi aniqlandi.
AstraZeneca va Sinovac vaksinalaridan foydalanish koronavirusning delta-shtammidan himoyalanish imkonini beradi. Tailandlik olimlar ana shunday xulosaga keldi, deb xabar qilmoqda Thai PBS telekanali.
Ma'lum qilinishicha, Tailand Qizil xoch jamiyati va gen muhandisligi milliy markazi tadqiqotchilari turli vaksinalar komponentlari bilan tadqiqotlar o‘tkazdi.
Tadqiqotlarda ikki doza Sinovac va bir doza AstraZeneca vaksinasi bilan emlash delta-shtammga qarshilik ko‘rsatish uchun yetarli darajada antitana ishlab chiqarilishiga olib kelishi aniqlandi.
Tailand 14,5 mln doza Sinovac va 2,5 mln doza Sinopharm vaksinalarini olgan. Mamlakatda 7 iyundan ommaviy emlash boshlangan.
Iyun oxirlarida Oksford universiteti olimlari bir doza AstraZeneca va bir doza Pfizer vaksinalari bilan to‘rt hafta oraliqda emlash samaraliroq bo‘lishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
18:24 / 22.05.2026