O‘zbekistonda Qurbon hayiti 20 iyul kuni nishonlanadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayitini 20 iyul kuni o‘tkazish bo‘yicha xulosa bergan. Bayramni oila davrasida o‘tkazish tavsiya qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi hujjatga imzo qo‘ydi. Unga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 20 iyul kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olingan.
«Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi muhim ahamiyatini e'tiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 20 iyul – seshanbaga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2021 yil 20 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami etib belgilansin», deyiladi prezident qarorida.
Qaror bilan vazirlik va idoralar, hokimliklar hamda jamoat tashkilotlariga Qurbon hayitini karantin talablariga amal qilgan holda xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda oila davrasida o‘tkazish afzalligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish topshirildi.
O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 10 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi PF–6122-son farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi PF–6222-son farmoni bilan 2021 yil 21–22 iyul kunlari ham dam olish kunlari sifatida belgilangani ma'lumot uchun qabul qilingan.
Hujjatga muvofiq, 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) dam olish kunlari mos ravishda 21 va 22 iyul kunlariga ko‘chiriladi. Ushbu kunlari ish haftasi turidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun dam olish kuni bo‘ladi. Bundan tashqari, 20 iyul kuni Qurbon hayiti munosabati bilan dam olinadi. Shunday qilib, o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun: 20, 21 va 22 iyul kunlari dam olishadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45
-
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 19:42
-
AQSh Rossiyaning Sumiga zarbasini qoralovchi G7 rezolyutsiyasini blokladi
Jahon | 19:41
-
Rossiyada «Ko‘k kit» o‘yini asoschisi 9 yilga qamaldi
Jahon | 19:39
Mavzuga oid

19:34 / 19.07.2021
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

13:44 / 19.07.2021
Hayit namozi o‘rniga Zuho namozi. U qanday ado etiladi?

23:26 / 16.07.2021
Hayit namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi. O‘rniga uyda Zuho namozi o‘qish tavsiya etildi

14:27 / 13.07.2021