O‘zbekiston | 14:33 / 21.07.2021
11907
1 daqiqa o‘qiladi

FVV sel xavfi haqida ogohlantirdi 

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 21-23 iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga sel kelishi xavfi bor.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralari ko‘rishingizni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, FVVning "10-50" qisqa raqamiga murojaat etishingizni so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.

Ma'lumot uchun, 20 iyul kuni Namangan viloyati hududida kuchli yog‘ingarchiliklar sababli suv toshqinlari yuzaga keldi, viloyat bo‘yicha ikkita katta ko‘prikka zarar yetgan, Pop tumani hududida suv avtomobillarni olib ketgan, Namangan shahri va Davlatobod tumanida aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilgan.

Mavzuga oid