Sport | 11:12 / 21.07.2021
6958
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio Olimpiadasining ilk musobaqalari boshlandi

2020 yilgi Tokio Olimpiadasida ilk musobaqalarga start berildi.       

1996 yildan beri birinchi marta Olimpiada dasturini futbol emas, softbol ochib berdi. Fukusimadagi stadionda Avstraliya va Yaponiya ayollar terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yapon sportchilari foydasiga 8:1 hisobida yakunlandi.

Ta'kidlanishicha, O‘yinlar boshlanishi joyi sifatida Fukusima bejiz tanlanmagan. Bu 2011 yilda Fukusimada yuz bergan texnogen falokatdan keyin hududning tiklanganini ifodalaydi.

Olimpiadaning ochilishi 23 iyulda bo‘lib o‘tadi.

Softbol beysbolning turlaridan biri bo‘lib, unda yumshoqroq to‘p va uzunroq bita bilan o‘ynaladi. Ushbu sport turi Olimpiada dasturiga har doim ham kiritilmaydi. U 1996–2008 yillardagi Olimpiadalar dasturiga kiritilgan, biroq 2024 yil Parijda o‘tadigan Olimpiadada yana bo‘lmaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid