Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvineya Olimpiadada ishtirok etmaslikka qaror qildi
Gvineya koronavirus sababli o‘z sportchilarini Tokio Olimpiadasiga yubormaslikka qaror qildi. Bu haqda sport vaziri Sanussi Sou ma'lum qildi. Biroq AFP manbasining xabar berishicha, aslida bunday qaror qabul qilinishiga Gvineyadagi moliyaviy muammolar sabab hisoblanadi.
“Koronavirus turlari faol tarqalayotgani sababli hukumat o‘z sportchilari salomatligi haqida qayg‘urib, katta afsus bilan ularning Tokiodagi ishtirokini bekor qilishga qaror qildi”, deb ma'lum qilingan sport vazirining Gvineya Olimpiya qo‘mitasiga yo‘llagan maktubida.
Gvineyadan Olimpiadada erkin kurash, dzyudo, suzish va yengil atletika bo‘yicha 5 sportchi ishtirok etishi kerak edi.
Bungacha Gvineya 11 marta Olimpiadada ishtirok etgan. Gvineyalik sportchilar Olimpiadalardagi ishtiroklarini 1968 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan boshlashgan, biroq hanuzgacha birorta medalni qo‘lga kiritishmagan.
Tokio Olimpiadasi 23 iyulda ochiladi. 21 iyulda ilk musoqabalarga start berildi. Hozirda Tokioga kelgan sportchilar, delegatsiyalar va Olimpiadaga aloqasi bor boshqa shaxslardan 80dan ko‘pida koronavirus aniqlandi.
Avvalroq Shimoliy Koreya koronavirus sababli Olimpiadada ishtirok etishdan voz kechgandi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026