Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga jazirama kunlar qaytmoqda
24–26 iyul kunlari O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.
«O‘zgidromet»ning ma'lum qilishicha, shu kunlari havo harorati iqlim normalaridan 4–6 darajaga yuqori bo‘ladi.
Respublika hududida kunduz kunlari havo harorati 41–44 darajagacha, janubiy va cho‘l zonalarida esa 45–46 darajagacha isiydi.
25–27 iyul kunlari respublika hududi bo‘ylab tezligi 17–22 metr/soniyaga yetuvchi shamol kuzatiladi, vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 25–30 metr/soniyaga yetishi, changli bo‘ronlar yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahar hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi.
«Keskin issiq havoda barcha insonlar, ayniqsa, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar o‘zlarini himoyalashlari nihoyatda muhim.
Bunday sharoitda aholimizdan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasliklarini, ko‘proq suyuqlik iste'mol qilishlarini so‘rab qolamiz.
Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, issiq va quruq havoning salbiy oqibatlaridan o‘zingizni asrang!» deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 6–8 iyul kunlarida ham Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilgan, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me'yorlardan 5–8 darajaga yuqori bo‘lgan edi.
Bugun, 23 iyul kuni O‘zbekistonda o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo harorati +37…+40 darajagacha, shimolda, janubda, cho‘l hududlarida ba'zi joylarda +41…+43 darajagacha isiydi.
Mavzuga oid
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025
O‘zgidromet 22 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi
12:09 / 19.12.2025