Jahon | 10:52 / 28.07.2021
3312
2 daqiqa o‘qiladi

Teslaning chorak bo‘yicha sof daromadi ilk bor milliard dollardan oshdi

Tesla kompaniyasining bir chorak bo‘yicha sof daromadi ilk bor bir milliard dollardan oshdi. Kompaniya hisobotida ta'kidlanishicha, Tesla 1 apreldan 30 iyungacha oraliqda 1,14 mlrd dollar sof daromad oldi.

Bu qiymat Tesla’ning 2020 yil 2-chorakda olgan sof daromadidan 10 marta ko‘proqni tashkil qiladi. Kompaniyaning joriy yil 2-choragi bo‘yicha tushumi 2020 yilning shu davriga nisbatan 12 mlrd dollar ko‘proqni tashkil qilgan.     

Bundan tashqari, 2021 yil 2-chorakda Ilon Mask kompaniyasi ishlab chiqarilgan va sotilgan elektromobillar soni bo‘yicha ham rekord ko‘rsatkichlarni qayd qildi. Kompaniya ushbu chorakda 206 ming 421ta mashina ishlab chiqarib, 201 ming 304ta mashinani o‘z egasiga yetkazib bergan. Bu kompaniya tashkil etilgan 2003 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kompaniya, shuningdek, Berlin yaqinida gigafabrika va AQShning Texas shtatida yana bitta zavod qurilishi muvaffaqiyatli olib borilayotganini ma'lum qilgan. Ushbu zavodlarda ilk mashinalar joriy yildayoq chiqishi kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid