Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuz bergan YTH oqibatida 17 yoshli yigit vafot etdi
Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida ma'lumot berildi. Toshkent shahar IIBB tegishli xabarni e'lon qildi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 26 iyul kuni taxminan soat 18:30da Yunusobod tumani Yangi Yunusobod ko‘chasida 1993 yilda tug‘ilgan S.X. “Nexia-2” avtomobilini boshqarish davomida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda, 2004 yilda tug‘ilgan A.T. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan, ammo tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026