O‘zbekiston | 08:12 / 29.07.2021
2243
2 daqiqa o‘qiladi

Oltinko‘lda 3 ta avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 19 yoshli fuqaro boshqaruvidagi «Damas» «Nexia» bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 1 nafar 26 yoshli yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda ta'kidlanishicha, tumanning Ijtimoiyat mahallasida «Damas» yuqori tezlikda harakatlanib kelayotib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketgan. Oqibatda mashina «Nexia» bilan to‘qnashgan. «Damas»ning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchi tan jarohatlar olib, kasalxonada vafot etgan.

Ma'lum bo‘lishicha, «Damas» haydovchisi 3 oy oldin haydovchilik guvohnomasini olgan. YTHga uning tajribasizligi sabab bo‘lgan. Voqea joyi o‘rganilganda yo‘lga yotiq chiziqlar chizilgani, yo‘l chiroqlari va belgilari o‘rnatilgani aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Mavzuga oid