Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pfizer o‘z vaksinasi samaradorligi qancha muddat saqlanib turishini ma'lum qildi
Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi samaradorligi uning ikkinchi dozasi bilan emlangandan keyin 4-6 oy ichida 96,2 foizdan 84 foizgacha kamayadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Albert Burla bayonotiga tayanib, CNBC telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, kompaniya AQSh va boshqa davlatlardan 44 mingdan ko‘proq kishi ishtirokida yangi tadqiqot o‘tkazgan. Uning natijalari Pfizer vaksinasi samaradorligi har 2 oyda o‘rtacha 6 foizga kamayishini ko‘rsatgan.
“Biroq yaxshi yangilik shundaki, vaksinaning uchinchi – buster dozasi virusning “delta” shtammidan himoyalanish uchun yetarli darajadagi immun javobni hosil qilishiga ishonchimiz komil”, deb ta'kidlab o‘tgan Burla.
Uning aytishicha, Pfizer avgust o‘rtasigacha AQSh mutasaddi idoralariga o‘z vaksinasining uchinchi dozasi ustunliklari haqidagi ma'lumotlarni rasman taqdim qiladi.
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
23:23 / 14.04.2025
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
22:03 / 19.03.2025
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi
15:37 / 21.02.2025