Yevropa komissiyasi Pfizer farmatsevtika kompaniyasi rahbariyati bilan Yevropa Ittifoqiga COVID-19 vaksinalarini yetkazib beriş böyiça yozişmalar işini sudda yutqazdi. 14 may, çorşanba kuni Yevropa Ittifoqi sudi The New York Times gazetasining Bryusselning Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va Pfizer rahbariyatining tegişli SMS-xabarlarini naşr etişdan boş tortganiga qarşi da’vo arizasini qanoatlantirdi.
Lyuksemburg sudi «Pfayzergeyt» deb nomlangan iş böyiça öz qarorida Yevropa Ittifoqining hujjatlarga kiriş huquqiga asoslandi, u Yevropa institutlarining barça hujjatlarini ommaga e’lon qilişni talab etadi. Bundan taşqari, Yevrokomissiya nima uçun söralgan hujjatlar topilmaganini va nima uçun «COVID-19 vaksinalarini xarid qiliş doirasida almaşilgan matnli xabarlarda muhim ma’lumotlar yöq deb hisoblaganini» «işonçli tuşuntira olmadi».
Şuningdek, u sud jarayoni davomida YeKning javoblari farazlarga yoki özgaruvçan yoki notöğri ma’lumotlarga asoslanganligini ta’kidladi. Öz navbatida, da’vogar gazeta fon der Lyayyen va Pfizer boş direktori Albert Burla örtasidagi SMS-yozişmalar 2021 yil yanvaridan 2022 yil 11 maygaça sodir bölganini isbotladi.













