Jahon | 20:40 / 01.08.2021
28164
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatlari

Turkiyadagi anomal issiq tufayli mamlakat g‘arbi va janubida bir necha kundan buyon o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Turistlar orasida mashhur bo‘lgan Antaliya va Marmaris ham yong‘indan jiddiy jabr ko‘rmoqda. Qutqaruvchilar o‘nlab aholi yashash punktlaridagi odamlarni evakuatsiya qilgan.

Turkiya janubidagi yong‘inlar kamida sakkiz kishi o‘limiga sabab bo‘ldi, yuzlab odamlar jabrlangan, minglab kishilar evakuatsiya qilingan. Qishloq xo‘jalik maydonlari, fermalar yong‘in ichida qolib, chorva mollari nobud bo‘lgan.

Yong‘inlar mamlakatning yetti regioniga ta'sir ko‘rsatgan - ko‘plab kurortlardan sayyohlarni ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Mug‘la viloyatida o‘rmonga o‘t qo‘yishda gumonlangan shaxs qo‘lga olingani haqida ma'lum qildi. Yong‘in qamrab olgan hududlar falokat hududlari deb e'lon qilingan.

Favqulodda vaziyat tufayli Turkiya janubida sayyohlik tadbirlari, ekskursiyalar butunlay to‘xtatildi.

Turkiya hududlarida o‘rmon yong‘inlari oqibatida yetgan zararni bartaraf qilish bo‘yicha shoshilinch choralarga dastlabki bosqichda 50 million turk lirasi (taxminan 6 million dollar) ajratildi.

Foto: Cevin Dettlaff/picture alliance via Getty Images
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: Ozan Efeoglu/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Mustafa Ciftci/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Mustafa Ciftci/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Mustafa Ciftci/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Burak Milli/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Mustafa Ciftci/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Suleyman Elcin/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Mustafa Ciftci/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Mustafa Ciftci/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Anadolu Agency

Marmaris kurortidagi mehmonxonalardan sayyohlar evakuatsiya qilingan. Antaliyada turistlarni evakuatsiya qilish hozircha rejalashtirilmagan. 

Foto: Anadolu Agency

Antaliyadagi Dolmazlara tumanida yong‘in oqibatlari - olov turistik infratuzilmani, shu jumladan bu kafeni yakson qildi. 

Foto: Anadolu Agency

Payshanba kuni yong‘in Antaliya shimolidagi Karaozga yetib bordi.

Foto: Anadolu Agency

Antaliyadagi turargoh olov ichida qoldi. OAVning yozishicha, yong‘in tez tarqalishiga kuchli shamol sabab bo‘lmoqda. 

Foto: Anadolu Agency

Olov o‘nlab turar joylar va fermalarni o‘z domiga olgan. Egalari evakuatsiya qilingan uy jonivorlari shunchaki yong‘in hududida himoyasiz qoldirilgan. Prezident Erdo‘g‘an ma'muriyati ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in oqibatida 150 bosh sigir va minglab qo‘y va echkilar halok bo‘lgan.

Foto: Anadolu Agency

Janubdagi Usmoniya viloyati ham tabiiy ofatdan jiddiy jabrlangan. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirlining so‘zlariga ko‘ra, yong‘inlar ayni vaqtda mamlakatning yetti regionida davom etmoqda. 

Foto: Anadolu Agency

Antaliya meri Muhittin Byodjyek yong‘inlar kelib chiqishi inson omili bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi, bir vaqtning o‘zida to‘rt nuqtada yong‘in boshlanganini aytgan. 

Foto: Anadolu Agency

Rasmiy baholarga ko‘ra, kamida 500 kishi boshpanasiz qolgan. 

Foto: Anadolu Agency

Bodrum atrofida ham yong‘inlar yuzaga kelgan. 

Foto: Anadolu Agency

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid