Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini pullayotgan dorixona sotuvchisi ushlandi
Shayxontohur tumanidagi dorixonalardan birida xaridorga kuchli ta'sir qiluvchi «Zardeks 300mg» dori vositasini 1 mln so‘mga sotayotgan sotuvchi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan ma'lum qilindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “S” MChJga qarashli dorixonada savdo faoliyatini amalga oshirayotgan L.T. xaridorga 50 dona “Zardeks 300mg” dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 696 dona “Zardeks 300mg” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
«Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:35 / 13.12.2025
Toshkentda retsepsiz dori sotish to‘xtadi. Dorixonalarda vaziyat qanday?
07:53 / 31.10.2025
Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarish sexi fosh etildi
17:58 / 24.10.2025
Dorixonada «Sirli mijoz» tadbirini o‘tkazish tartibi belgilandi
18:51 / 18.10.2025