Jahon | 21:43 / 03.08.2021
8558
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda miya chiplarini odamlarda sinovdan o‘tkazishga ruxsat berildi

Ushbu chip falaj insonlarga fikr kuchi yordamida elektron qurilmalarni boshqarish imkonini beradi.

Foto: Synchron Inc

Amerikaning Synchron startapi miya chipini odamlarda sinovdan o‘tkazishga ruxsat oldi, deb yozadi Daily Advent.

Ushbu chip falaj insonlarga fikr kuchi yordamida elektron qurilmalarni boshqarish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, Stentrode deb nomlangan chip bo‘yindagi qon tomiri orqali miyaga joylashtiriladi. 

Synchron ushbu chipni ilk bor 2016 yilda namoyish etgandi. Startap Avstraliyada to‘rt kishida neyrochip sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgan. Tajriba davomida ishtirokchilar fikr kuchi yordamida onlayn xarid bilan shug‘ullangan, ijtimoiy tarmoqlarda yozishgan va elektron pochta orqali maktub jo‘natgan. Sinovning barcha qatnashchilari falaj insonlar bo‘lgan.

Ma'lumot berilishicha, Synchron chiplari uch-besh yildan so‘ng bozorda paydo bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid