Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyalar vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Moskva shahridagi vakolatxonasi Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021 yil 15 martdagi PQ-5026-son qaroriga muvofiq ta'sis etilgan.
Qabul qilingan hujjat bilan Vakolatxonaning asosiy vazifalari belgilandi:
- oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha "yo‘l xaritalari"ga kiritilgan Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnik hamkorlik sohasidagi aniq loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini ta'minlash;
- xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari, ilg‘or texnologiyalari va moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlari, investitsiya fondlari va moliya institutlari mablag‘larining jalb etilishi va o‘zlashtirilishini ta'minlash;
- Rossiya Federatsiyasi bozoriga mahalliy mahsulotlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish va o‘zaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga ko‘maklashish;
- O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotlari tarmoqlarining sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda hududlararo hamkorlikdagi sanoat yarmarkasi va ko‘rgazmalarini samarali o‘tkazishni tashkillashtirish;
- tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyatini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilish uchun imtiyozli rejimlarni qo‘llash bo‘yicha ta'sirchan choralar ko‘rish.
Hujjat bilan vakolatxonaning tuzilmasi va shtat jadvali (xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat), shuningdek, 2021 yilning 6 oyidagi uning xarajatlar smetasi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026