Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi «Gazel» «Lasetti» bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi
10 avgust kuni soat 07:10larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor va Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan Sh.G. boshqaruvidagi "Gazel" rusumli hamda haydovchi 1952 yilda tug‘ilgan K.Yu. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada, "Gazel" avtomobili haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek "Lasetti" avtomobilining bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026