Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilgi Pekin olimpiadasi ham Tokiodagi kabi formatda o‘tishi mumkin
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi yozgi Tokio olimpiadasining epidemiyaga qarshi formatda o‘tkazilishini muvaffaqiyatli deb topdi va shu sababli 2022 yil Pekinda o‘tadigan qishki olimpiada ham shu formatda o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov o‘z intervyusida ma'lum qildi.
“XOQ Tokiodagi kabi tizim bo‘yicha olimpiada o‘tkazilishini muvaffaqiyatli deb topdi. Olimpiada haqiqatan yaxshi o‘tdi. Menda bor ma'lumotlarga ko‘ra, olimpiadada ishtirok etgan 25 ming sportchi va rasmiy shaxslardan 50 ga yaqinigina koronavirusga chalingan. Bu esa 0,1 foizdan kamroqni tashkil qiladi. Shu sababli Tokio olimpiadasini o‘tkazishda qo‘llangan sxema Pekinda ham qo‘llanishi ehtimoli yuqori”, deb aytgan Pozdnyakov.
Uning ta'kidlashicha, asosiysi bu sportchilar manfaatlari hisoblanadi.
“Agar ularning salomatligi shu tarzda himoyalansa, bu tashkilotchilar qila oladigan eng muhim ish bo‘ladi. Agar kimdir tribunalarga ma'lum hajmda tomoshabinlarni qo‘yish mumkin deb hisoblasa, bunday holatda ular sportchilar sog‘lig‘i uchun ziyon yetmasligiga ishonchlari komil bo‘lishi kerak. Chunki har qanday sport musobaqalarining asosiy shaxslari ular hisoblanadi, shu sababli ularning manfaatlari birinchi o‘rinda hisobga olinishi lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan ROQ rahbari.
Tokio olimpiadasi koronavirus pandemiyasi sababli bir qator cheklovlar bilan o‘tdi. Jumladan, sport musobaqalari tomoshabinlarsiz o‘tdi.
Mavzuga oid
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026