O‘zbekiston | 08:13 / 14.08.2021
20748
1 daqiqa o‘qiladi

Oqqo‘rg‘onda shifoxonaga yotqizilgan bolalar soni 30 nafarga yetdi

Foto: KUN.UZ

Maktabgacha ta'lim vazirligi, joriy yilning 13 avgust holatida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining jami 30 nafar tarbiyalanuvchisida intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizilganini ma'lum qildi.

12 avgust holatida jami 25 nafar tarbiyalanuvchi tibbiyot muassasalarida davolanayotgani haqida xabar berilgan edi, 13 avgustda yana 5 nafar tarbiyalanuvchida kasallikning klinik belgilari kuzatilgani uchun tibbiyot muassasalariga yotqizildi.

Ulardan joriy yilning 13 avgust 16:00 soat holatiga:

  • 9 nafar tarbiyalanuvchilarga tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan so‘ng qoniqarli ahvolda yashash joyi bo‘yicha tibbiy nazoratga olinib, uylariga ruxsat berildi;
  • tibbiyot muassasalarida jami 21 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati o‘ta og‘ir, 1 nafari og‘ir, 6 nafari o‘rta og‘ir va 13 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanmoqda.

Mavzuga oid