Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda AQSh tomonidan tashkil etilgan maxsus bo‘linma toliblarga taslim bo‘ldi
Afg‘oniston sharqidagi Xost viloyatining maxsus qo‘riqlash bo‘linmasi (Khost Protection Force - KPF) “Tolibon” jangarilariga taslim bo‘ldi. Bu haqda afg‘on jurnalistlari ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, KPF AQSh tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, afg‘on hukumati uni nazorat qilmagan.
“Bo‘linma Xost, Paqtiya va Paktika viloyatlarida joylashgan bo‘lib, minglab odamlarni sudsiz qatl etishi bilan ma'lum bo‘lgan”, deb ta'kidlangan jurnalistlardan birining xabarida.
Ma'lumotlarga ko‘ra, maxsus bo‘linmaning 6 mingga yaqin jangchisi 1200ta avtomobilda Dva Manda uyezdi hududida toliblarga taslim bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘linmaning taslim bo‘lishi videolari e'lon qilingan.
Jurnalistlarning yozishicha, Xost viloyati “Tolibon”ga o‘tganda, KPF jangchilari toliblar o‘ch olishidan xavotirlanib, qo‘shni Paqtiya viloyatiga qochishga uringan. Biroq ular Dva Mandada toliblar tomonidan to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
15:13
Saudiya AQShga aviabazani ochdi, BAA esa Eron aktivlarini cheklamoqda
11:28
Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi
22:19 / 23.03.2026
Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa – Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi haqida
16:22 / 23.03.2026