Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlik rivojlantiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
“Mahallabay” ishlash asosida “og‘ir” mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Andijon tajribasi”ni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etish uchun davlat ulushiga ega bo‘lgan tijorat banklariga 100 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar ajratiladi.
Qabul qilingan hujjat bilan “mahallabay” ishlash yo‘nalishining asoslari belgilandi:
- mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
- aholining doimiy daromad manbalarini yanada ko‘paytirish, oilaviy tadbirkorlikni va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatini yanada kengaytirish choralarini ko‘rish;
- mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi bo‘lgan tashabbuskorlarni biznes asoslariga o‘qitish;
- xonadonlarda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, daromadliligini yanada oshirish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va xom-ashyo bilan imtiyozli kreditlar asosida ta'minlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishga ko‘maklashish jarayonlarini tashkil etish uchun “yetakchi” tadbirkorlik sub'yektlarini biriktirish;
- tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish va faoliyatini monitoring qilib borish, ishlab chiqaradigan mahsuloti (xizmati) bozorini topishiga yordam berish.
Belgilanishicha:
- “yetakchi” tadbirkorlar yetarli tadbirkorlik tajribasiga va ijobiy moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega, faoliyati mahalla ixtisoslashuviga mos bo‘lgan, xonadonlarni kooperatsiya asosida yuqori darajada qamrab oladigan, “og‘ir” mahallalarda o‘z biznesini rivojlantirish dasturiga ega bo‘lgan tadbirkorlar orasidan tanlab olinadi;
- tijorat banklari tomonidan kreditlar kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun “og‘ir” mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” tadbirkorlik sub'yektlariga 3 yil muddatgacha yillik 10 foiz stavkada bitta mahalla uchun 2 mlrd so‘mgacha miqdorda ajratiladi;
- yetakchi” tadbirkorlarga kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqaro tomonidan ishlab chiqarilayotgan (yetishtirilayotgan) mahsulotlarni sotib olish yoki shartnomaga asosan fuqaroga oylik ish haqi to‘lash sharti o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025