Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: «Yoshlarimizni endi orqaga qaytarib bo‘lmaydi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida “Navoiyazot” aksionerlik jamiyatiga tashrif buyurdi va hudud faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, prezident tadbir davomida ta'lim masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Yangi majmualarni ishga tushiryapmiz, ish o‘rinlari yaratyapmiz. Mana shu PVX ishlab chiqarish majmuasini ishga tushirish jarayonini bevosita kuzatib bordim, hisobot berib borishdi. Ikki marta ishlab chiqarish to‘xtab ham qoldi. Lekin xorijlik hamkorlarimizni hayratlantirgan holda, o‘zimizning mutaxassislar ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydilar.Men bejizga ta'limga e'tibor bermayman. Agar farzandlarimiz yaxshi ta'lim olishsa, yaxshi mutaxassislar bo‘lib yetishadi. Bizga yosh kadrlar zarur, yangi texnologiyalarni ishlata oladigan yigit-qizlar zarur. Tadbirda qatnashayotgan yoshlar – eslab qolinglar, qachondir PVX ishlab chiqaramiz deganda hech kim ishonmagandi. Endi oldimizga yangi-yangi rejalar qo‘yamiz va albatta amalga oshiramiz.
Yoshlarimizni endi orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Navoiy yoshlarining ham orzu-istaklari katta.
Kelajakda eksport hajmini 3,5 mlrd dollarga chiqarmoqchimiz. Mana shu korxona mahsulotiga ham hozir jahon bozorida katta talab bor”, – dedi prezident.
Mavzuga oid
09:51 / 17.02.2026
Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi
09:27 / 11.02.2026
Navoiyda tog‘-kon va kimyo sanoati uchun kadrlar tayyorlash markazi ochiladi
21:34 / 10.02.2026
Xitoyning cho‘llanishga qarshi kurash tajribasi Navoiyda qo‘llanadi
12:57 / 05.01.2026