O‘zbekiston | 18:39 / 31.08.2021
4929
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari ham emlash ishlari olib boriladi - SSV

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda dam olish kunlari deb e'lon qilingan 1-5 sentabr sanalarida ham soat 8:00 dan 20:00 ga qadar emlash tadbirlari davom ettiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, bayram tantanalari o‘tkaziladigan joylarda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tun-u kun navbatchilik tashkil etiladi. 

“Shuningdek, bayram kunlari yurtimizdagi barcha davolash muassasalarida, hududiy oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda belgilangan tartibda bayram kunlari 08:00 dan 20:00 gacha faoliyat ko‘rsatadigan shifokor va hamshiralardan iborat navbatchi brigadalar tuzilishi belgilandi. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalari va “tez yordam” xizmati odatdagi tartibda bir maromda uzluksiz ishlaydi. Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlarda 13 ta filiali, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tizimidagi barcha bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. 

Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda emlash punktlari faoliyati bayram kunlari ham davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.

Гулмира Тошниёзова
Tayyorlagan Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid