Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qabul-2021: Natijalarni e’lon qilish boshlandi
2021/22 o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonining yakuniy natijalari e’lon qilina boshlandi.
Davlat test markazi axborotiga ko‘ra, natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:
- 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;
- 16:00 dan – Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari;
- 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.
Natijani bilishning 6 usuli
1. my.dtm.uz sayti orqali:
my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya (ID) raqamini kiritgan holda.
2. mandat.dtm.uz sayti orqali:
mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
- t.me/mandat2021bot
- t.me/mandat_2021_1_bot
- t.me/mandat2021_2_bot
- t.me/mandat2021_3_bot
- t.me/mandat2021_4_bot
4. SMS orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
5. QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6. Test natijalari qaydnomasi orqali
Qaydnomalar oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
19:38 / 04.12.2025
Andijon tibbiyot instituti talabalariga ijara kompensatsiyasi nega bekor qilindi?
09:36 / 01.12.2025
Qishki o‘qishni ko‘chirish: talabalardan ariza qabul qilish 20 dekabrdan boshlanadi
16:33 / 29.11.2025
O‘zbekiston OTMda biznes-ta’limga AMBA akkreditatsiyasi joriy etiladi
09:44 / 26.11.2025