Davlat test markazi axborotiga köra, natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

  • 15:00 dan – Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlari;
  • 16:00 dan – Farğona, Andijon va Namangan viloyatlari;
  • 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toşkent viloyati va Toşkent şahri.

Natijani bilişning 6 usuli

1. my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda şaxsiy identifikatsiya (ID) raqamini kiritgan holda.

2. mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bölimiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

4. SMS orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari böyiça SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5. QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani köriş uçun havola) ni skaner qilgan holda.

6. Test natijalari qaydnomasi orqali

Qaydnomalar oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.