Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Vatanparvar” sportchisi Rossiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 4 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida birinchi MDH davlatlari o‘yinlariga start berilgan edi.
Sport musobaqasida 9 ta davlat, jumladan, Rossiya, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Moldova va Armanistondan 14 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan tajribali sportchilar bellashmoqda.
Musobaqaning pnevmatik quroldan o‘q otish yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi – mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining o‘q otish sporti seksiyasi a'zosi Muhammad Kamolov faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Muhammad Kamolov 2002 yilda tug‘ilgan, 6 yildan buyon, o‘q otish sporti seksiyasida Muhabbat Kondakova va Vadim Kondakov murabbiyligi ostida shug‘ullanib kelmoqda. Yosh sportchi bir necha marotaba respublika va xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 2020 yilda imtiyoz asosida Namangan Muhandislik-qurilish institutiga o‘qishga qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Qozon shahrida o‘tayotgan birinchi MDH davlatlari o‘yinlari 11 sentabr kuni yakuniga yetadi. Hozirda O‘zbekiston sportchilari Rossiya terma jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
22:51 / 14.08.2023
MDH o‘yinlari. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi
22:10 / 05.08.2023
Belarusda II MDH mamlakatlari o‘yinlari boshlandi
19:36 / 29.10.2022
Ikkinchi MDH o‘yinlari Belarusda bo‘lib o‘tadi
10:41 / 12.09.2021