Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya lirasi qiymati rekord darajada pastladi
Bundan avvalgi tarixiy minimum 2021 yil 22 iyunda qayd etilgandi - o‘shanda bir dollar narxi 8,78 liraga chiqqandi.
Turkiya markaziy bankining asosiy stavkani pasaytirish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng lira kursi rekord minimumni yangiladi. Savdo ma'lumotlariga ko‘ra, bir dollar qiymati 8,79 lirani tashkil etdi.
Bundan avvalgi tarixiy minimum 2021 yil 22 iyunda qayd etilgandi — o‘shanda bir dollar narxi 8,78 liraga chiqqandi.
23 sentabr kuni mamlakat markaziy banki asosiy stavkani 19dan 18 foizga tushirdi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an asosiy stavkani oshirishga qarshi chiqqandi. Turkiya prezidenti asosiy stavkaning oshirilishi inflatsiyani kuchaytiradi deb hisoblamoqda.
Markaziy bankning hozirgi rahbari Shahap Kavjio‘g‘li 2021 yil martda ushbu lavozimga tayinlangandi. Undan avval rahbar bo‘lgan Naji Agbala asosiy stavkani 17 foizdan 19 foizga ko‘targani uchun lavozimidan bo‘shatilgandi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026