Captiva 5. Yangi model haqida batafsil
UzAuto O‘zbekistonda Chevrolet Captiva 2021 avtomobilini sotishni rejalashtirmoqda. Kun.uz o‘quvchilariga yangi model haqida qisqa videorolik tayyorladi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonga Chevrolet Captiva Premier/LT modifikatsiyalari olib kelinadi. Unga ishchi hajmi 1,5 litr bo‘lgan 4 silindrli turbodvigatel o‘rnatiladi. U CVT toifasidagi 8 bosqichli avtomatik transmissiyani 148 ot kuchi bilan ta'minlaydi.
Avtomobilning oldi g‘ildiraklari yetakchi, ya'ni FWDdir.
Avtomobilni boshqarish juda qulay, chunki elektr rulkuchaytirgichga ega. Qolaversa, ABS tormoz tizimi ham avtomobilni to‘xtatishni boshqarish imkonini beradi.
Yonilg‘i sarfi aralash siklda 7,5 l/100 km bo‘lib, o‘rindiqlar soni 5/7ta. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, uning narxi 280 mln so‘mdan yuqori bo‘ladi.
Yaqin orada buyurtmalar olinishi ma'lum qilinadi.
Mavzuga oid
21:48 / 23.11.2024
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
09:52 / 15.11.2024