Jahon | 20:53 / 07.10.2021
4875
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus pandemiyasi sababli 2022 yilgi Jyeneva avtosaloni o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Aksariyat ishtirok etuvchilar koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan noaniqlik sababli 2022 yilgi ko‘rgazmada ishtirok etish borasida qat'iy javob bera olmasliklarini bildirishgan.

Foto: Getty Images

Jyeneva xalqaro avtosaloni tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi va avtomobilsozlik sohasidagi qiyinchiliklar sababli 2022 yilda o‘tkaziladigan shouni bekor qildi. Bu haqda ko‘rgazma matbuot xizmati xabar berdi.

«Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yopiq binolarda o‘tkaziladigan bunday yirik tadbir uchun katta xavf tug‘diradi. Bu qarorga bekor qilish deb emas, kechiktirish deb qaraymiz. Jyeneva xalqaro avtosaloni 2023 yilda o‘tkazilishiga ishonaman», — dedi avtosalon tashkiliy qo‘mitasi raisi Moris Turrettini.

Jyeneva xalqaro avtosaloni bosh direktori Sandro Meskitanig so‘zlariga ko‘ra, aksariyat ishtirok etuvchilar koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan noaniqlik sababli 2022 yilgi ko‘rgazmada ishtirok etish borasida qat'iy javob bera olmasliklarini bildirishgan.

Bunga avtomobil ishlab chiqarishga salbiy ta'sir ko‘rsatgan yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq vaziyat ham qo‘shilgan. Shu bois ko‘rgazmani o‘tkazmaslikka qaror qilingan.

Mavzuga oid