Toşkent şahridagi yana bir avtosalon odamlarni aldayotgan bölişi mumkin. Kun.uz’ga murojaat qilgan bir neçta fuqaro poytaxtdagi avtosalonga pul tölab, maşina ololmayotganini ma’lum qildi.
Murojaatda keltirilişiça, Toşkent şahridagi “Allianse Motors” MÇJ mijozlar bilan şartnoma tuzib, maşinalarni vaqtida keltirib bermagan. Ayrimlarni esa yetkazib berilgan avtoransport vositasining hujjatini töğrilab bermasdan ovora qilmoqda.
“2024 yil 19 may kuni “Allianse Motors” MÇJ bilan BYD maşinasini sotib oliş böyiça şartnoma tuzdim. Avtosalonga dastlab 63 mln 900 ming söm, 20 may kuni 178 mln 500 ming söm tölov qilganman.
Menga özini avtosalon direktori deb taniştirgan Davlat Narziyev maşinani 15 kunda keltirib berişni va’da qilgandi. Uşbu muddat ötgaç, men maşinani söray boşladim. U esa erta-indin deya aldab yurdi.
2024 yilning 29 iyun kuni maşinam kelganini, şartnoma böyiça qolgan summani tölab ketişim kerakligini aytdi. Avtosalonga borib, qolgan tölovni tölab keldim. Ertasi kuni maşinani evakuatorga yuklab uyimga keltirib berişdi. Lekin bugungaça maşinaning hujjatlarini töliq qilib bergani yöq”, deydi murojaatçi Asilbek Boboyorov.
Şuningdek, murojaatda “Allianse Motors” MÇJ mas’ullari tölov qilgan bir neça önlab odamlarni aldab kelayotgani, ularga maşinalarini şartnoma böyiça öz vaqtida yetkazib bermayotganligi ta’kidlangan.
Statistika agentligi oçiq ma’lumotlariga köra, 2021 yil dekabr oyida davlat röyxatidan ötkazilgan “Allianse Motors” MÇJ Davlatbek Narziyevga tegişli.
Joriy yil mart oyi oxirida «avtomaşinalarni 3 oy muddat içida avtosalondan çiqarib, yetkazib beriş»ni aytib, 74 nafar fuqaroning 6,1 mlrd sömlik pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan Toşkent şahridagi My Cars avtosaloni egalari qamalgandi.
Oradan köp ötmay, elektromobillar savdosi bilan şuğullanuvçi 4 ta avtosalon egalari özaro til biriktirgan holda, yuzlab odamlarning işonçiga kirib, 200 dollar evaziga ularning nomiga kredit çiqartirgani hamda 2 oy içida kreditni uzib berişni va’da qilgani hamda milliardlab summalarni özlaştirgani








