Fuqarolardan 6 155 000 000 sömni aldab olgan «avtosalon egalari» qamaldi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, oldindan jinoiy til biriktirgan 3 nafar şaxs tomonidan poytaxtning Alişer Navoiy köçasida My Cars nomi bilan avtosalon oçilgan.

2022 yil 16 yanvardan 2023 yilning 2 avgust kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida uşbu jinoiy şeriklar «avtomaşinalarni 3 oy muddat içida avtosalondan çiqarib, yetkazib beriş»ni aytib, jami 74 nafar fuqaroning 40 000 000 sömdan to 200 000 000 sömgaça bölgan juda köp miqdordagi, jami - 6 155 000 000 sömlik pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

Xaridorlarni qabul qilişda esa ular göyoki GM Uzbekistan bilan  şartnoma tuzganini aytib aldagan.

Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi JKning 168-moddasining tegişli bandlari bilan ayblanuvçilarga 8-9 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinladi.